18:00 / 05.01.2025
39

Suyultirilgan gaz ta'minotidagi noqonuniy «bunker»lar aniqlandi

Suyultirilgan gaz ta'minotidagi noqonuniy «bunker»lar aniqlandi
«Hududgaz Qashqadaryo» gaz ta'minoti komlayens nazorat tuzilmalari ishtirokida Qashqadaryo viloyati Koʻkdala tumanida suyultirilgan gaz ta'minotidagi qonunbuzilish holatini aniqlash boʻyicha nazorat tadbiri oʻtkazildi.

«Koʻkdalatumangaz» GTB chilangar ta'minotchisi I. N. va haydovchi B. X. tumanning «Chorvador» MFY hududidagi iste'molchilarga tarqatilishi koʻzda tutilgan 110 dona maishiy gaz ballonlarni belgilangan tartibda tarqatmasdan, mazkur mahallada yashovchi B. A. xonadoniga 34 dona gaz ballonini tushirayotgani aniqlangan. Shuningdek, ushbu xonadonda 8 dona boʻsh gaz ballonlari borligi ma'lum boʻlgan.

Shunga oʻxshash holat Fargʻona viloyatining Qoʻqon shahrida ham kuzatildi. Qoʻqon shahar Bodomzor koʻchasida istiqomat qiluvchi S. U. xonadonida maishiy gaz ballonlari qoidalarga zid ravishda saqlanayotgan «bunker» aniqlangan. Xonadon koʻzdan kechirilganda suyultirilgan gaz bilan toʻldirilgan 35 dona va boʻsh holdagi 48 dona maishiy gaz ballonlari borligi ma'lum boʻldi.

Mazkur ikki holat davomida 1 380 kg suyultirilgan gaz mahsuloti talon-taroj qilinishining oldi olindi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat