
Samarqand viloyati IIB tezkor xodimi tezkor tadbirda ushlangan. Bu haqda OʻzA xabar berdi.
Ma'lum qilinishicha, huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbirda Samarqand viloyati IIB JQX JQB katta tezkor xodimining noqonuniy xatti-harakatiga chek qoʻyilgan.
Tezkor xodim oʻzining mansabdor tanishlari orqali Samarqand shahar IIO faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi huzuridagi Tergov boʻlimi ish yurituvida boʻlgan Jinoyat kodeksining 273-moddasi 3-qismi bilan qoʻzgʻatilgan jinoyat ishida ayblanuvchilar sifatida oʻtayotgan ikki shaxsga yordam berishni va'da qilgan. U jinoyat ishining 31 yoshli shaxsga tegishli qismini Jinoyat-protsessual kodeksining 83-moddasiga asosan tugatish hamda 22 yoshli fuqaroga nisbatan esa uy qamogʻi ehtiyot chorasini qoʻllagan holda uni ozodlikda qoldirish evaziga 10 ming dollar olgan vaqtida ushlangan.
Hozirda tezkor xodimga nisbatan Jinoyat kodeksining 25, 168-moddasi (Firibgarlik) 3-qismi “a” bandi va 28, 211-moddasi (Pora berish) 2-qismi “b” bandi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar