Foto: Videodan kadr
Namangan viloyati Pop tumani favqulodda vaziyatlar boʻlimi boshligʻi tezkor tadbirda qoʻlga olindi. Bu haqda OʻzA xabar berdi.
Ma'lum qilinishicha, boʻlim boshligʻining oila a'zolariga tuman hokimining 2021 yil fevral oyidagi qarori bilan limon etishtirish uchun issiqxona tashkil etish maqsadida 2 gektar er maydoni ajratib berilgan. FVB boshligʻi ushbu er maydonini mansabdor tanishlari orqali xaridor nomiga rasmiylashtirib berish hamda u erda kottej tipidagi uy-joylar qurishi uchun ruxsat olib berish evaziga 160 ming dollar olgan vaqtida huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbirda ushlangan.
Hozirda unga nisbatan Jinoyat kodeksining 25, 168-moddasi (Firibgarlik) 4-qismi “a” bandi va 28, 211-moddasi (Pora berish) 2-qismi “b” bandi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Shuningdek, huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbirda Sirdaryo viloyati Sayxunobod tumani FVB tezkor boʻlinmasi boshligʻi ham 7 ming dollar bilan ushlangan. U ushbu pul evaziga Guliston shahrida yashovchi 30 yoshli fuqaroga uni oʻzining mansabdor tanishlari orqali shahar favqulodda vaziyatlar boʻlimiga ishga kiritib qoʻyishni va'da qilgan.
Boʻlinma boshligʻiga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi “v” bandi va 28, 211-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.
Avvalroq Samarqand viloyati IIB tezkor xodimi 10 ming dollar bilan ushlangani xabar qilingandi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Oʻzbekistonga import qilinishi taqiqlangan xavfli mahsulotlar
“Mutlaqo maxfiy”: Komil Allamjonovga uyushtirilgan suiqasd boʻyia jinoyat ishi sudda koʻrilmoqda
Samarqand viloyati IIB tezkor xodimi 10 ming dollar pora olayotganda ushlandi
Amaldorlarning korruptsiyaga moyilligi tekshirilishi mumkin
18+: Internetdagi axloqsiz va qonli batllari orqali mashhur blogerlarni qoʻllayotganlar kimlar?
Gulnora Karimovaga qarashli boʻlgan “Sijjak” dam olish maskani Kasaba uyushmasiga berildi
2025 yil 1 maydan boshlab “Toza qoʻllar” dasturi amalga oshiriladi
Yangiyoʻlda ekologiya inspektorlarini kaltaklab ketgan shaxslar qidirilyapti