15:46 / 13.01.2025
31

Yangi quriladigan uy-joylarga tutash hududda yomgʻir suvini yigʻish tizimi oʻrnatiladi

Yangi quriladigan uy-joylarga tutash hududda yomgʻir suvini yigʻish tizimi oʻrnatiladi
2025 yilga moʻljallangan davlat dasturi loyihasi muhokama uchun e'lon qilindi.

Mahallalarda suv tejovchi daraxtlarni sugʻorish tizimlari barpo etiladi.

Respublikaning 32 ta shaharlardagi 64 mahallada quyidagi chora-tadbirlar amalga oshiriladi:
  • aholi xonadonlari egalari tomonidan daraxtlarni oʻz vaqtida sugʻorishi ustidan jamoat nazorati oʻrnatilishini ta'minlash;
  • kambagʻal oilalar xonadonlarida yomgʻir suvini yigʻish, saqlash va sugʻorishga foydalanish tizimlarini mahallaning ijtimoiy-iqtisodiy muammolarini hal etish jamgʻarmasi hisobiga moliyalashtirishni ruxsat etuvchi me'yorni ishlab chiqish;
  • yangi quriladigan koʻp xonadonli uy-joylarga tutash hududlarda yomgʻir suvini yigʻish, saqlash va daraxtlarni sugʻorishda foydalanish tizimini majburiy oʻrnatish;
  • yangi quriladigan 12 metrdan baland va maydoni 500 kvadrat metr ortiq binolarga tutash erlarning kamida 25 foizini koʻkalamzorlashtirish tadbirlari qabul qiluvchi komissiya tarkibiga Ekologiya vazirligi xodimlarini kiritish.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat