Foto: Videodan kadr
Toshkent shahar IIBB YHXB Mirzo Ulugʻbek tumanida sodir boʻlgan yoʻl-transport hodisasi yuzasidan ma'lumot berdi.
Ijtimoiy tarmoqlarda 13 yanvar kuni BYD transport vositasi haydovchisi Yoʻl-harakati qoidalarini qoʻpol ravishda buzishi oqibatida ikki piyoda jarohat olgani tasvirlangan video tarqaldi. Poytaxt IIBB YHXBning ma'lum qilishicha, videoda tasvirlangan holat 7 yanvar kuni Mirzo Ulugʻbek tumanida sodir boʻlgan.
Qayd etilishicha, soat 16:45 larda Mirzo Ulugʻbek tumani Mustaqillik koʻchasi 53-uy qarshisida haydovchi 25 yoshli T.L. BYD rusumli transport vositasini boshqarib kelayotib, oraliq masofani saqlamagani oqibatida tartib solingan piyodalar oʻtish joyida oʻzidan oldinda piyodalarga yoʻl berish maqsadida toʻxtagan Nissan bilan toʻqnashgan. Oʻz navbatida 59 yoshli Z.E. boshqaruvida boʻlgan Nissan toʻqnashuv zarbidan soʻng yoʻlning qarama-qarshi qismiga oʻtib ketib, piyodalar yoʻlagidan oʻtayotgan 22 yoshli A.Oʻ. hamda 33 yoshli A.Z.ni urib yuborgan.
YTH oqibatida piyodalarga birinchi tez tibbiy yordam koʻrsatilgan. Holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB mas'ul xodimlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Oʻzbekistonda aerotaksi xizmati joriy etiladi
Zominda tirik ilon egan erkak jarimaga tortildi
Jizzaxda oʻqituvchilar firibgarlik qurboni boʻlishdi
Toshkentda “Malibu-2” haydovchisiga chora koʻrildi
Oʻzbekistonda ta'lim muassasalarining oshxonalari tadbirkorlarga ijaraga beriladi
Samarqandda sifatsiz alkogol sabab 5 kishi hayotdan koʻz yumdi