619
Qoraqalpogʻiston va Andijonda pul evaziga er olib berishni va'da qilgan shaxslar ushlandi
Foto: Bosh prokuratura huzuridagi departamenti
Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Andijon viloyatida er maydonlarini olib berishni va'da qilgan firibgarlar ushlandi, deb xabar beradi Bosh prokuratura huzuridagi departamenti.
Qayd etilishicha, departamentning Taxtakoʻpir tumani boʻlimi va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari hamkorligida tezkor tadbir oʻtkazilgan. Tadbirda S.P. ismli shaxs fuqaro A.K.ning ishonchiga kirib, qalbaki hujjatlar asosida rasmiylashtirilgan Nukus shahri hududidagi 3,6 sotix er uchastkasini 170 million soʻmga sotishga kelishib, ushbu pullarni firibgarlik yoʻli bilan olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Shu kabi, departamentning Andijon tumani boʻlimi tomonidan oʻtkazilgan tadbirda N.N. ismli shaxs fuqaro X.A.ga «U.D.» qoʻshma korxonasiga ajratilgan er maydonining 4 sotixini goʻyoki kadastr boʻlimida ishlovchi tanishlari orqali 10,5 ming dollar evaziga turar joy sifatida rasmiylashtirib berishni va'da qilgan. U ushbu pullar hisobidan 5,5 ming dollarni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qoʻlga tushgan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar