
Foto: Videodan kadr
Mazkur holat aks etgan video ijtimoiy tarmoqlarda tarqaldi. Videoda ma'lum boʻlishicha bir necha kishi ularga qarata kelayotgan avtomobilga chap bergan va u ortga qaytganida ikki kishi unga qarata tosh otgan.
Poytaxt Yoʻl harakati xavfsizlik boshqarmasi ma'lum qilishicha, voqea 7 fevral kuni soat taxminan 03:20 larda Shayxontohur tumani Taxtapul koʻchasida sodir boʻlgan. Bir necha fuqarolar oʻzaro gap talashib tortishib janjallashib ketishi natijasida Gentra avtomashina haydovchisi bir necha fuqarolarning ustiga qarab avtomashina boshqargan.

Janjalning barcha ishtirokchilari tuman ichki ishlar boʻlimiga topshirilgan. Avtomashina jarima maydoniga joylashtirilgan. Ayni paytda Shayxontohur tumani IIO FMB tomonidan dastlabki surishtiruv harakatlari olib borilmoqda. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar