![Tezkor-profilaktik tadbirlar jarayonida nimalar aniqlanmoqda?](/uploads/posts/2025-02/62c8d7c7e2_vbzfw0co0tdwxwo_oowptn6hbzwlx5_n.webp)
Foto: IIV
Fargʻona viloyatida IIV ishchi guruhi tomonidan “Tozalash” kompleks tezkor-profilaktik tadbirlari oʻtkazilmoqda.
IIV Tezkor-qidiruv departamenti xabar berishicha, jamoat tartibini saqlash, huquqbuzarliklar profilaktikasi hamda yoʻl harakati xavfsizligini ta'minlash yoʻnalishlarida reyd tadbirlari tashkil etilib, 8 nafar ov qurolini hujjatsiz noqonuniy saqlab kelayotgan, 27 nafar jamoat joyida tigʻli buyum olib yurgan shaxslarga nisbatan jinoiy va ma'muriy choralar koʻrildi.
![](/uploads/posts/2025-02/44551389b8_3z5k7rayadv_-elvbu5eu1-qnizahiln.webp)
Avtoreyd tadbirlarida 1321 nafar qoidabuzar haydovchilar aniqlanib, 131 ta transport vositalari jarima maydonchasiga joylashtirildi.
![](/uploads/posts/2025-02/0c6631d316_c6raegdx-telizzpqroenlrewrgmx9fu.webp)
![](/uploads/posts/2025-02/29033fed69_bcpb8__yvigjioqysj3b0rfiyzryob9l.webp)
“Tozalash” tadbirlari doirasida Fargʻona shahrida 1986 hamda 1988 yilda tugʻilgan ikki nafar shaxs qoʻlga olindi. Ular oʻzaro jinoiy til biriktirib, tovlamachilik yoʻli bilan 1987 yildan tugʻilgan fuqaroning sir saqlanishi lozim boʻlgan shaxsga doir ma'lumotlarni ruxsatsiz qoʻlga kiritib, tarqatish bilan qoʻrqitib kelgan.
![](/uploads/posts/2025-02/fddac3d808_hdsvkrkj9mixcujpo0plvjl-1t5qx-eg.webp)
Shu maqsadda undan 2,5 ming dollar talab qilib, oldindan 1,5 ming dollarni olgan vaqtida ushlandi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
![arenda kvartira tashkent](/uploads/d5fb3f5cdf_bisyor_banner_1000x100.webp)
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar