![Komil Allamjonov: «5 oy ichida oʻzimdan oʻtgani oʻzimga, eng yaqinlarimga ayon»](/uploads/posts/2025-02/9f7c754a9f_kzbrceepu2gsvoikfxtp0vpbuna6o4ki.webp)
Prezident administratsiyasi sobiq rasmiysi Komil Allamjonov oʻziga nisbatan uyushtirilgan suiqasd ishi boʻyicha sud hukmi e'lon qilinishi ortidan oʻz ichki kechinmalari bilan boʻlishdi.
«Katta oyim rahmatlik har doim duo qilganlarida, oʻt balosidan, suv balosidan, quruq tuhmatdan Allohning oʻzi asrasin derdilar. Oʻtgan 5 oy ichida oʻzimdan oʻtgani faqat oʻzimga, oilamga, eng yaqinlarimga ayon. Haqiqat egilganda egilib, bukilgandayam ikki bukilib baribir sinmadi, u baribir yuzaga chiqdi. Yuzaga chiqadi ham.
Allohga ming shukur. Bandasidan qochganlar Yaratgandan qocholmaydi. Hali oldinda qiladigan ishlar, yana koʻp sinovli kunlar bor. Ilohim bularning hammasidan yorugʻ yuz bilan oʻtish nasib qilsin!
Alloh hammamizning omadimizni bersin», deyilgan postda.
12 fevral kuni Harbiy sud Komil Allamjonovga uyushtirilgan suiqasdga oid jinoyat ishi doirasida 10 nafar ayblanuvchiga hukm oʻqidi.
E'lon qilingan sud hukmiga muvofiq, Shuhrat Rasulovga (2018 — 2020 yillarda Prezident davlat xavfsizlik xizmatining oʻz xavfsizligi boshqarmasini boshqargan) 23 yil, Javlon Yunusovga 18 yil 6 oy, Shoxrux Axmedovga 23 yil, Ismoil Jahongirovga 23 yil va Doniyor Tashxodjayevga (Toshkent shahar IIBB boshligʻining sobiq birinchi oʻrinbosari) 7 yil ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.
Qolgan 5 nafar sudlanuvchiga «qilmishiga muvofiq ravishda» turli muddatlarga ozodlikdan mahrum qilish jazolari berildi. Oliy sud xabarida ularning ismlari ochiqlanmagan. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
![arenda kvartira tashkent](/uploads/d5fb3f5cdf_bisyor_banner_1000x100.webp)
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar