Shu yilning sentyabr oyida O‘zbekiston Qahramoni, O‘zbekiston xalq shoiri Abdulla Oripov betobligi sabab davolanish uchun AQShga jo‘nab ketgani haqida xabar qilgan edik.
O‘shanda, OAVga bu haqda O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, shoir Muhammad Ismoil ma’lum qilgan edi. 5 noyabr kuni Muhammad Ismoil o‘zining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari orqali Abdulla Oripovning ahvoli og‘irlashgani haqida ma’lum qildi.
Xususan, Instagram’dagi sahifasida “O‘zbekiston Qahramoni, O‘zbekiston xalq shoiri Abdulla Oripovning Amerikada sog‘lig‘i og‘irlashdi...” deya xabar qoldirgan bo‘lsa, Facebook orqali barchani xalq shoiriga salomatlik so‘rab duo qilishga chaqirdi: “Assalomu alaykum, ahli jamoa! Assalomu alaykum, hurmatli yaxshilar! O‘zbek elining asl farzandi, mustaqil davlatimiz madhiyasining muallifi, zamonamizning Navoiysi, O‘zbekiston xalq shoiri, Davlat mukofotlari sovrindori, millatimizning faxri-iftixori, millatimiz ma’naviyatining eng katta ustuni, buyuk shoirimiz Abdulla Oripov mana bir necha o‘n kundan buyon bizdan minglab chaqirim olisda davolanmoqdalar.
Kelinglar, ulug‘ ustozimizni duo qilaylik. Hammamizning jonimiz omonat. Hammamizning bir nafasda yonib o‘chguvchi holimiz bor. Bugun bormiz, ertaga bormizmi, yo‘qmizmi, yolg‘izgina Yaratgan parvardigorimizga ayon.
Bu hol, ayniqsa, xasta va zaif, bemor chog‘larimizda yaqqol bilinadi. Kelinglar, bugun mana shunday bemor bo‘lgan buyuk ustozimizni, o‘z she’rlari bilan yuragimizda bir umr mash’al yoqib kelgan, ongimizda inqilob tuyg‘usini uyg‘otgan, o‘zbekday buyuk xalq kim ekanini tanitgan, millat degan qutlug‘ kalom nima ekanligini anglatgan alloma shoirimizni duo qilaylik”, deb yozadi Muhammad Ismoil.
“Birgina so‘z bilan bo‘lsa ham ulug‘ ustozimizni duo qilishingizni o‘tinib, yolvorib so‘rayman.”, deb qo‘shimcha qiladi u. Shuningdek, bir necha soat avval, Abdulla Oripovning qizi Yulduz Oripova ham o‘zining Facebook ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasi orqali otasiga salomatlik tilab, shunday yozadi: “Otajonim. Bog‘im meni, tog‘im meni. Dardim, hasratim. Osmonim, erim. Meni dunyoim. Kalbim, yuragim meni.
Siz, albatta, shifo topasiz....” Ma’lumot uchun, shoir o‘tgan yili ham AQShda davolanib qaytgan edi. Fursatdan foydalanib, tahririyatimiz nomidan O‘zbekiston Qahramoni, O‘zbekiston xalq shoiri Abdulla Oripovning so‘g‘ayib ketishini tilab qolamiz. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
Xalqaro jinoyat sudining orderi Isroilni nega qo‘rqityapti?
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
Superliga. OKMK safarda "Paxtakor"ni mag‘lub etdi va 11 yillik qora an’anaga chek qo‘ydi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”