00:24 / 08.11.2016
12 171

Qaynota kuyoviga to‘ydan oldin va’da qilgan mashinani olib bermagani uchun kuyov ajrashmoqchi bo‘ldi

Qaynota kuyoviga to‘ydan oldin va’da qilgan mashinani olib bermagani uchun kuyov ajrashmoqchi bo‘ldi

Respublika bo‘yicha eng ko‘p ajrashish Toshkentda (32 foiz) kuzatilmoqda, deb yozmoqda “Oila davrasida” nashri. Masalan, joriy yilning 9 oyida shahar bo‘yicha 3442 ta ajrashish qayd etilgan.

“Bugun bu boradagi loqaydlikka nuqta qo‘yishimiz va bir qator ishlarni qayta ko‘rib chiqishimiz zarur. Jumladan, oilani mustahkamlash va yoshlarni turmushga tayyorlash bo‘yicha qiladigan ishlarning ko‘pchiligi rasmiyatchilik uchungina bo‘lib qolyapti” deydi O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi raisi Elmira Bositxonova.

Oliy Majlis Senatining Fan, ta’lim, madaniyat va sport masalalari qo‘mitasi raisi Zayniddin Nizomxo‘jaevga ko‘ra esa, ko‘p hollarda yosh kelin-kuyovlar arzimas sabablar bilan ajrashib ketmoqda.

“Yana bir arizada qaynota kuyoviga to‘ydan oldin va’da qilgan avtomashinani olib bermagani uchun kuyovto‘ra ajrashmoqchi ekanini bildirgan. Belida belbog‘i bor o‘zbek yigitining shu darajaga borishining o‘zi naqadar uyatli va sharmandali hol emasmi?” deydi Senat qo‘mita raisi Z.Nizomxo‘jaev.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Qaynota kuyoviga to‘ydan oldin va’da qilgan mashinani olib bermagani uchun kuyov ajrashmoqchi bo‘ldi