date
views 1 682

O‘zbekistonda tarovih namozi o‘qiladigan vaqtlar e’lon qilindi

O‘zbekistonda tarovih namozi o‘qiladigan vaqtlar e’lon qilindi
O‘zbekiston musulmonlari idorasi 28 fevraldan hududlarda tarovih namozining boshlanish vaqtlarini e’lon qildi.

Mamlakatning 14 ta hududidagi masjidlarda tarovih namozining boshlanish vaqtlari:

Farg‘ona – 20:20;
Namangan – 20:20;
Andijon – 20:20;
Toshkent viloyati – 20:30;
Toshkent shahri – 20:30;
Sirdaryo – 20:30;
Jizzax – 20:30;
Samarqand – 20:30;
Qashqadaryo – 20:40;
Surxondaryo – 20:40;
Navoiy – 20:40;
Buxoro – 20:40;
Xorazm – 21:00;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi – 21:10.

Tarovih namozi xufton namozidan so‘ng boshlanadi. Toshkent shahar IIBB ushbu namoz o‘qilishi munosabati bilan poytaxtning vaqtincha yopiladigan ko‘chalari ro‘yxatini e’lon qilgandi.

O‘zbekistonda ramazon oyi 1 mart, shanba kuni boshlanadi. Prezident qaroriga ko‘ra, ushbu oyda ehtiyojmandlar hamda ilm-ma’rifat yo‘lida izlanayotgan yoshlarga yordam berish bo‘yicha tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlashga, atrof-muhitni asrash, muqaddas qadamjo, ziyoratgoh va qabristonlarni obodonlashtirish, ko‘chatlar ekishga hamda ramazon oyi bilan bog‘liq tadbirlarda me’yorga amal qilish va isrofgarchilikka yo‘l qo‘ymaslikka alohida e’tibor beriladi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » O‘zbekistonda tarovih namozi o‘qiladigan vaqtlar e’lon qilindi