Abdulla Oripovning akasi Abdurazzoq Oripov vafot etdi

Abdulla Oripovning akasi Abdurazzoq Oripov vafot etdi

15 iyul kuni O‘zbekiston xalq shoiri, O‘zbekiston Qahramoni Abdulla Oripovning akasi Abdurazzoq Oripov vafot etdi. Bu haqda O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi ma’lum qildi.

Ma’lum qilinishicha, marhumning janoza namozi bugun soat 08:00 da Qarshi shahrining “Samarqand” mahallasi, Yangi tong ko‘chasi, 23-uy manzilida o‘qildi.

Abdurazzoq Oripov uzoq yillar davomida Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universitetining O‘simlikshunoslik va yem-xashak yetishtirish kafedrasida professor sifatida samarali faoliyat yuritgan. U ilm-fan rivojiga munosib hissa qo‘shgan taniqli olimlardan biri sifatida e’tirof etilgan.

Marhum O‘zbekistonning buyuk adabiyot namoyandalaridan biri, O‘zbekiston Qahramoni va O‘zbekiston xalq shoiri Abdulla Oripovning akasi edi. Abdulla Oripov o‘zbek adabiyotiga ulkan hissa qo‘shgan ijodkor bo‘lib, O‘zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi matni muallifi sifatida ham keng tanilgan. Uning "Munojot", "Sohibqiron", "Haj daftari" kabi asarlari milliy adabiyotimizning nodir durdonalari qatoridan joy olgan.

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi marhumning oila a’zolari va yaqinlariga chuqur hamdardlik bildirib, uning xotirasi hamisha ehtirom bilan yodga olinishini ta’kidladi.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar