17:01 / 09.11.2016
8 287

Xorijiy valyutada savdo qilgan sotuvchiga qonuniy chora ko‘rildi

Xorijiy valyutada savdo qilgan sotuvchiga qonuniy chora ko‘rildi

Davlat soliq qo‘mitasi axborot xizmatidan ma’lum qilishlaricha, joriy yilning to‘qqiz oyi davomida soliq idoralariga 6 ming 192 murojaat kelib tushgan bo‘lsa, uning 6 mingdan ortig‘i davlat soliq xizmati organlari tomonidan o‘z vaqtida ko‘rib chiqilgan. 190 tasida keltirilgan masalalar davlat soliq xizmati organlari vakolatiga kirmasligi sababli tegishliligi bo‘yicha boshqa mutasaddi vazirlik va idoralarga yuborilgan.

Toshkent shahrida yashovchi Muborak Madrahimova Olmazor tumanida joylashgan “Muslima Fayz baraka” savdo majmuasidan santexnika mahsulotlari sotib olmoqchi bo‘lganida unga do‘kon xodimi plastik kartochka orqali savdo qilmasligini bildirgan. Fuqaro bu haqda Toshkent shahar davlat soliq boshqarmasi “ishonch telefoni”ga murojaat qilgan. Uning murojaati bozorda faoliyat olib boruvchi soliq inspektorlari ko‘magida joyida hal etilib, M.Madrahimovaga zarur mahsulotlar haqi terminal orqali qabul qilingan.

Navoiy viloyati davlat soliq boshqarmasi “ishonch telefoni”ga “Nargiza” xususiy korxonasiga qarashli xususiy do‘konda xaridorlarga amalga oshirgan savdosi uchun xarid cheki berilmayotgani bayon qilingan. Mazkur holat yuzasidan davlat soliq xizmati organlari tomonidan o‘tkazilgan tekshirish davomida do‘kon sotuvchisi noqonuniy ravishda 100 AQSh dollari miqdorida xorijiy valyutada savdo qilganligi, savdodan tushgan naqd pullar nazorat kassa mashinasidan o‘tkazilmaganligi, bundan tashqari hech qanday hujjatsiz 700 ming so‘mlik tovar-moddiy boyliklar borligi aniqlangan. Ushbu holatlar bo‘yicha xususiy korxonaga tegishli tartibda qonuniy chora ko‘rilgan.

Buxoro viloyati davlat soliq boshqarmasiga Jondor tumandagi Po‘latli qishloq fuqarolar yig‘ini hududida yashirin ravishda dorixona faoliyati yo‘lga qo‘yilgani haqida xabar kelib tushgan. Mazkur murojaat yuzasidan davlat soliq xizmati organlari xodimlari tomonidan o‘tkazilgan nazorat tadbirlarida o‘z uyida aholiga noqonuniy dori-darmonlar sotayotgan fuqaro aniqlandi.

Ushbu holat yuzasidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, noqonuniy dorixonadan 168 turdagi dori-darmon mahsulotlari daliliy ashyo sifatida olib qo‘yildi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Xorijiy valyutada savdo qilgan sotuvchiga qonuniy chora ko‘rildi