
Taniqli aktyor va sharhlovchi Alisher Uzoqov o‘zining (X) Tvitter sahifasi orqali videomurojaat bilan chiqdi. U bugungi futbol uchrashuvi va uning sharhi haqida fikr bildirdi hamda o‘ziga nisbatan bildirilayotgan munosabatlarga izoh berdi.
"Kechagi o‘yinda qiziq holat bo‘ldi"
Uzoqov videomurojaatida kechagi O‘zbekiston – Qirg‘iz Respublikasi terma jamoalari o‘rtasidagi o‘yin davomida yuz bergan qiziq holat haqida gapirdi. U o‘sha paytda stadion ekranida chiroyli va istarali bir qiz tasvirlanganini va shundan so‘ng:
"Bu o‘yindan ko‘ra mana shu singlimizni ko‘rsatsalaring yaxshi" degan fikr bildirganini eslab o‘tdi.
"Oilasi mening oldimga keldi"
Bugun kechqurun uning oldiga o‘sha qiz, uning otasi va akasi kelgan. Ular Uzoqovdan bu gapi uchun izoh so‘rashgan va ijtimoiy tarmoqlarda ushbu holatga bildirilayotgan munosabatlar qizga qattiq ta’sir qilganini bildirishgan.
"Shu fursatdan foydalanib, bu singlimizning oilasidan chin qalbimdan uzr so‘rayman. Agar ko‘ngillariga teggan bo‘lsam, uzr!. Chunki o‘zimni ham qiz farzandim bor va bu holat qanchalik og‘ir botishini his qilaman."
"Bunday targ‘iblar noto‘g‘ri"
Shuningdek, Uzoqov ushbu holatni "boshqa noto‘g‘ri yo‘nalishda targ‘ib qilmaslikka" chaqirar ekan, shunday dedi:
"Bu qizni o‘z singlim deb bilaman, uni himoya qilishga tayyorman. Iltimos, bu masalani ortiqcha tarzda muhokama qilmanglar."
Alisher Uzoqovning mazkur videomurojaati jamoatchilik orasida katta qiziqish uyg‘otdi. U boshlanib ketgan mojaroni yumshatish va befarq emasligini ko‘rsatish uchun izoh berishni lozim topdi.
Ayni damda, ijtimoiy tarmoqlarda ushbu holat bo‘yicha turli fikrlar bildirilmoqda, ammo Uzoqov o‘z munosabatini ochiqchasiga ifoda etib, uzr so‘radi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar