22:49 / 24.03.2025
9 898

O‘zbekistonda erkaklar asosan necha yoshda turmush qurmoqda?

O‘zbekistonda erkaklar asosan necha yoshda turmush qurmoqda?
O‘zbekistonda nikohlanuvchi erkaklarning yoshi bo‘yicha taqsimlanishi haqida ma’lumot berildi.

Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025 yilning yanvar-fevral oylarida, FHDYO organlarida respublika bo‘yicha 31 775 ta nikoh holatlari qayd etilgan.

Qayd etilgan nikohlarda erkaklarning yosh guruhlari bo‘yicha taqsimlanishi:
- 20 yoshgacha – 1,4 %;
- 20-30 yosh – 78,7 %;
- 31-40 yosh – 13,6 %;
- 41 yosh va undan kattalar – 6,3 %.

Ma’lum bo‘ladiki, erkaklarning mutlaq katta qismi 20-30 yosh oralig‘ida oila qurmoqda.

Qayd etilgan nikohlarda ayollarning yosh guruhlari bo‘yicha taqsimlanishi:
- 20 yoshgacha – 35,3 %
- 20-30 yosh – 52,4 %
- 31-40 yosh – 9,4 %
- 41 yosh va kattalar – 2,9 %ni tashkil etmoqda.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat