
Sirdaryo va Navoiy viloyatlarida pul evaziga AQSHga ishga yuborishni va’da qilgan shaxslar ushlandi, deb xabar beradi Bosh prokuratura huzuridagi departament.
Qayd etilishicha, departamentning Shirin shahri bo‘limi va DXX xodimlari hamkorligida tezkor tadbir o‘tkazilgan. Tadbirda F.R. ismli shaxs fuqaro M.X.ning ishonchiga kirib, o‘zi va uning tanishini 38 ming dollar evaziga AQSHga ishga yuborish va viza olib berishni va’da qilgani aniqlangan. U kelishilgan pullar hisobidan 52 million so‘mni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Shu kabi, departamentning Navoiy shahri bo‘limi, DXX va IIB xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda M.A. ismli shaxs (muqaddam firibgarlik jinoyati uchun sudlangan) fuqaro L.Q.ning ishonchiga kirib, uni Meksika davlati orqali AQSHga ishga yuborishi evaziga 14 ming dollarni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olingan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 25, 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar