
Sergey Lavrov rasmiy tashrif bilan O‘zbekistonga keladi — strategik hamkorlik muhokama markazida
Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov 2024 yil 22–23 aprel kunlari rasmiy tashrif bilan O‘zbekistonga keladi. Bu haqda Rossiya TIV rasmiy vakili Mariya Zaxarova brifing chog‘ida ma’lum qildi.
Tashrif davomida Lavrov O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev hamda tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov bilan muzokaralar o‘tkazishi rejalashtirilgan.
“Toshkentda tashrif doirasida O‘zbekiston Respublikasi prezidenti bilan uchrashuv va mamlakat TIV rahbari bilan batafsil muzokaralar rejalashtirilgan”, — dedi Zaxarova.
Brifingda ta’kidlanishicha, muzokaralarda asosiy e’tibor:
- Rossiya va O‘zbekiston o‘rtasidagi strategik hamkorlikni yanada rivojlantirish
- Mintaqaviy xavfsizlikni ta’minlashda hamkorlik
- Xalqaro tashkilotlar doirasidagi o‘zaro muvofiqlik
ga qaratilgan bo‘ladi.
Bu tashrif ikki mamlakat o‘rtasidagi siyosiy, iqtisodiy va gumanitar aloqalarning yangi bosqichga chiqishida muhim o‘rin tutishi kutilmoqda.
Sergey Lavrov Tashqi ishlar vazirligi Shavkat Mirziyoyev Rossiya – O‘zbekiston aloqalari Strategik hamkorlik Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar