
Toshkent shahri Yunusobod tumanida noma’lum shaxs soxta qurol bilan bankni o‘marishga urindi, deb kun.uz xabar berdi.
Voqea 18 aprel kuni soat 16:30 dan 17:00 gacha bo‘lgan oraliqda “Trastbank”ning “Turkiston” bank xizmatlari markazida sodir bo‘lgan. Shaxs qora niqob taqqan holda, izolyatsion lentaga o‘ralgan soxta quroldan foydalangan.
Bank xodimlarining tezkor qo‘ng‘irog‘i asosida IIV Qo‘riqlash xizmati hodisalarga darhol yetib kelib, hujumni bartaraf etgan va gumondorni qo‘lga olgan.
Hodisa natijasida bank eshigi oynasiga shikast yetgan, ammo hech kim jarohat olmagan va pul mablag‘lariga zarar yetmagan. Tergovgacha surishtiruv ishlari olib borilmoqda. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar