date
views 129

Toshkent aeroportida yo‘lovchidan qadimiy arabcha kitoblar topildi

Toshkent aeroportida yo‘lovchidan qadimiy arabcha kitoblar topildi
Toshkent xalqaro aeroportida Istanbuldan kelgan yo‘lovchining yukini tekshirish vaqtida bojxona xodimlari tomonidan qadimiy, arab yozuvidagi ikki kitob aniqlanib musodara qilindi, deb xabar berdi "Podrobno.uz".

“Toshkent-AERO” majmuasi matbuot xizmatining ma’lumotiga ko‘ra, yo‘lovchining shaxsiy buyumlari orasida biri katta hajmli, jigar rang charm muqovali, ikkinchisi esa qizil muqovali kichik kitob topilgan.

Dastlabki ekspertiza xulosasiga ko‘ra, bu ikki nashrning umumiy bahosi 320 million so‘m (taxminan 24 ming AQSH dollari) atrofida.

Hozirda holat bo‘yicha tergov harakatlari olib borilmoqda. Bojxona idoralari ushbu asarlarning qayerdan kelgani va ularni olib kirishda madaniy va tarixiy qadriyatlarni saqlash qonunlari buzilgan-buzilmaganini aniqlamoqda.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Toshkent aeroportida yo‘lovchidan qadimiy arabcha kitoblar topildi