date
views 67

Yozyovonda soliq qarzdorliklari undirilmoqda

Yozyovonda soliq qarzdorliklari undirilmoqda
Soliqlar - ta’lim, kam ta’minlanganlarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, huquq-tartibotni saqlash, mudofaa salohiyatini ta’minlash, infratuzilmani yaratish va rivojlantirishni moliyalashtirishning manbasi bo‘lib xizmat qiladi.

Ammo, ayrim jismoniy va yuridik shaxslar o‘z majburiyatlarini unutib, soliq qarzlarini qasddan to‘lamasdan kelishmoqda. Bu esa, o‘z navbatida soliqlarni majburiy tartibda undirishga olib kelmoqda.

Byuroning Yozyovon tumani bo‘limi tomonidan ish yurituvdagi soliq qarzdorligini undirish bilan bog‘liq ijro hujjatlari ijrosini jadallashtirish borasida samarali ishlar amalga oshirilmoqda.

Misol uchun, tumanda faoliyat ko‘rsatib kelayotgan “A.B.M” fermer xo‘jaligidan 176 mln so‘m, “B-Y” fermer xo‘jaligidan 100 mln so‘m soliq qarzdorliklarini mol-mulklarini xatlash jarayonida undirildi.

Bundan tashqari qarzdor “M.E.N" MCHJ ga tegishli bo‘lgan “Lacetti” rusumli avtomashinasi soliqdan bo‘lgan qarzdorligi uchun xatlandi.

Hozirda xatlangan “Lacetti” rusumli avtomashinani elektron onlayn-auksion savdosiga chiqarish choralari ko‘rilmoqda.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Yozyovonda soliq qarzdorliklari undirilmoqda