Jizzaxda gaz ta’minoti bo‘limi xodimi qo‘lga tushdi

Tabiiy gaz ta’minotidan qarzdorlikni yo‘q qilishni va’da bergan gaz ta’minoti bo‘limi xodimi ushlandi. Bu haqda Bosh prokuratura xabar berdi.
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Jizzax viloyati boshqarmasi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda «Sh.Rashidovtumangaz» gaz ta’minoti bo‘limi gazchi xodimi B.P. fuqaroning yashash xonadoni tabiiy gaz tarmog‘idan uzilgan bo‘lsa-da, 10 mln so‘m evaziga yangi gaz hisoblagich o‘rnatib, qarzdorlikni yo‘q qilishni va’da berib, shundan 1 mln so‘mini olib, keyinchalik, qolgan 9 mln so‘mni olgan vaqtida ashyoviy dalilar bilan ushlangan.
Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Jizzax viloyati boshqarmasi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda «Sh.Rashidovtumangaz» gaz ta’minoti bo‘limi gazchi xodimi B.P. fuqaroning yashash xonadoni tabiiy gaz tarmog‘idan uzilgan bo‘lsa-da, 10 mln so‘m evaziga yangi gaz hisoblagich o‘rnatib, qarzdorlikni yo‘q qilishni va’da berib, shundan 1 mln so‘mini olib, keyinchalik, qolgan 9 mln so‘mni olgan vaqtida ashyoviy dalilar bilan ushlangan.
Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling































Izohlar 0
…