
Bugun, 1 may kuni Toshkent shahar, Yakkasaroy tumani, Qo‘shbegi ko‘chasida joylashgan Yakkasaroy kichik sanoat zonasi hududidagi Sintepon ishlab chiqarish sexida yong‘in ro‘y bergan.
Bu haqda soat 07:01 da FVBga xabar tushgan. Shunga ko‘ra, yong‘in -qutqaruv ekipajlari soat 07:04 da hodisa joyiga yetib borib, yong‘in 07:45 da o‘rab olingan va soat 08:09 da o‘chirilgan.
FVV ma’lumotiga ko‘ra, yong‘in bartaraf etilgandan so‘ng, joyni o‘rganish davomida ikki nafar fuqaroning jasadlari aniqlangan. Shuningdek, 5 nafar fuqaro tan jarohati bilan shifoxonaga yuborilgan.
Yong‘in ishlab chiqarishda texnologik jarayonni buzilishi natijasida yuzaga kelganligi taxmin qilinmoqda.
Yong‘inni bartaraf etishga 11 ta asosiy, 6 ta maxsus turdagi yong‘in o‘chirish texnikalari jalb etilgan. Yong‘in natijasida sexning taxminan 700 kv.m maydonda tomi, shifti va mahsulotlari yonib zararlangan.
Mazkur holat yuzasidan dastlabki tergov oldi surishtiruv ishlari olib borilmoqda. Voqea joyiga FVV rahbariyati, Toshkent shahar FVB boshlig‘i va tuman FVB rahbar xodimlari IIB, SSB, prokuratura mas’ul xodimlari chiqishgan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar