date
views 3 945

Toshkentda fastfud yedirilgan chaqaloq ichagi chirib, og‘ir operatsiya qilindi

Toshkentda fastfud yedirilgan chaqaloq ichagi chirib, og‘ir operatsiya qilindi
Toshkent shahrida bola parvarishi bilan bog‘liq yo‘l qo‘yilgan bee’tiborlik ayanchli oqibatlarga olib keldi. “Millar” dasturi orqali ma’lum qilinishicha, 10 oylik chaqaloqni lavash va qovurilgan kartoshka bilan oziqlantirish natijasida unda ichak chirishi kuzatildi va zudlik bilan jarrohlik amaliyoti o‘tkazildi.

Fastfud va chaqaloq — xavfli kombinatsiya

Ma’lumotlarga ko‘ra, olis viloyatdan Toshkentga kelayotgan ona yo‘lda tushlik uchun fastfud — ya’ni lavash va kartoshka fri xarid qilgan. Bola yo‘lda yig‘lab bezovta bo‘layotgani sababli, ayol fastfudni og‘zida chaynab, chaqaloqqa yedirgan. Bir necha kun o‘tib, go‘dakning ahvoli keskin yomonlashgan.

Ichak chirishi — davomli jarrohlik talab etadigan holat

Shoshilinch tibbiy yordam markazi mutaxassislari chaqirilgan. Shifokorlar ma’lum qilishicha, chaqaloqda doimiy qayt qilish, qorin dam bo‘lishi, og‘riq va ichdan qon ketishi kuzatilgan. Tekshiruvlar natijasida bolaning ichagi chirigani aniqlangan.

Birinchi bosqichda chirib ketgan ichak qismini olib tashlashgan va stoma — vaqtinchalik ichak chiqarilishi amalga oshirilgan. Bu holatda bola taxminan 6 oycha yashaydi, so‘ng yana operatsiya orqali ichki tizim to‘liq tiklanadi.

Afsusli statistika: bu birinchi holat emas

Respublika shoshilinch tibbiy yordam markazi Bolalar jarrohligi bo‘limi shifokorlarining ta’kidlashicha, so‘nggi paytlarda bolalarda shunga o‘xshash holatlar tez-tez kuzatilmoqda. Ko‘p hollarda ata-onalar bilmasdan chaqaloqlarga somsa, dumba va turli og‘ir taomlar yedirib qo‘yishadi. Bu esa ko‘pincha jarrohlik aralashuvini talab qiluvchi murakkab oqibatlarga olib keladi.

Mutlaq tavsiya: 3 yoshgacha ona suti — eng muhim ozuqa

Pediatrlar ta’kidlaganidek, 1 yoshgacha bo‘lgan bolalar faqat ona suti va maxsus bolalar uchun mo‘ljallangan oziqlar bilan ta’minlanishi kerak. 1 yoshdan keyingina asta-sekinlik bilan qo‘shimcha ovqat turlariga o‘tkazilishi maqsadga muvofiq.

Zamin.uz tahririyati bola parvarishidagi har bir qadam — ularning hayotiga bevosita ta’sir qilishini eslatib o‘tadi. Aziz ota-onalar, iltimos, go‘daklar salomatligi uchun bee’tiborlikka yo‘l qo‘ymang!

Foto: Videodan kadr
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Toshkentda fastfud yedirilgan chaqaloq ichagi chirib, og‘ir operatsiya qilindi
-->