date
views 92

Ko‘kdala tarvuzlari eksportga yo‘l oldi: 4300 tonnadan ziyod mahsulot bozorlarda

Ko‘kdala tarvuzlari eksportga yo‘l oldi: 4300 tonnadan ziyod mahsulot bozorlarda
Qashqadaryo viloyatining Ko‘kdala tumanidagi tarvuz yetishtirish mavsumi qizg‘in pallaga kirdi. Hozirgi kunlarda hududdan yuzlab yuk avtomashinalari orqali yangi uzilgan tarvuzlar ichki bozorlar hamda eksport yo‘nalishlariga jo‘natilmoqda.

Mahsulot eksportini tezlashtirish va barcha jarayonlarni shaffof tashkil etish maqsadida Ko‘kdalada maxsus eksport shtabi tashkil etildi. Bu yerda Fitosanitariya nazorati agentligi tomonidan 90 nafar inspektor hamda boshqarmaning 10 nafar mutaxassisi 24 soatlik navbat asosida xizmat ko‘rsatmoqda.

O‘tgan hafta — 15 maydan 20 maygacha bo‘lgan qisqa vaqtda Ko‘kdala tarvuzlarining eksport geografiyasi ancha kengaydi. Xususan, Qozog‘istonga 839 tonna, Rossiyaga esa 1437 tonna tarvuz yetkazib berildi. Yagona hafta ichida esa umumiy hisobda 4300 tonnadan ziyod tarvuz ichki va tashqi bozorlarga yo‘l olgan.

Bu ko‘rsatkichlar Ko‘kdala tarvuzining nafaqat ichki iste’molda, balki tashqi bozorda ham talab yuqoriligini anglatadi. Mahalliy dexqonlar va tadbirkorlar uchun bu eksport hajmlari muhim iqtisodiy foyda manbai sifatida qayd etilmoqda.

Zamin.uz tahririyati eksport jarayonlari, logistika va mahsulot sifatini ta’minlashdagi rivojlarni kuzatishda davom etadi. Sizcha, o‘zbek tarvuzi yana qaysi davlatlar bozorini egallashi mumkin?
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Ko‘kdala tarvuzlari eksportga yo‘l oldi: 4300 tonnadan ziyod mahsulot bozorlarda