
Xorazm viloyati Yangiariq tumanida joylashgan metallolom qabul qilish shoxobchasida metallga topshirilgan snaryad portlab ketdi, oqibatda bir fuqaro halok bo‘ldi, deb xabar bermoqda Uz24.uz.
Hozirda hodisa bo‘yicha harbiy prokuratura tomonidan tergov ishlari olib borilmoqda. Ma’lumotlarga ko‘ra, snaryadlar harbiy xizmatchilar tomonidan noqonuniy tarzda temir-tersak yig‘uvchilarga sotilgan. Ular hibsga olingani aytilmoqda.
O‘rganishlar davomida portlash sodir bo‘lgan shoxobchadan yana 30 ga yaqin snaryad aniqlangan.
Tergov davom etmoqda. Hodisa yuzasidan qo‘shimcha ma’lumotlar berilishi kutilmoqda. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar