
Toshkent hayvonot bog‘i ma’muriyati bog‘ hududida bir martalik polietilen idishdagi ovqat, shuningdek, o‘yinchoqlar sotishni taqiqladi. Bu haqda Kun.uz yozmoqda.
Ma’muriyatning ta’kidlashicha, mazkur qarorga bog‘ hududidagi jonivorlarning o‘yinchoqlar yoki boshqa buyumlarni yutib yuborib, nobud bo‘layotgani sabab etib ko‘rsatilgan.
Eslatib o‘tamiz, Toshkent hayvonot bog‘ida 10 noyabr kuni Nil daryosi timsohi halok bo‘lgan edi. Uning oshqozoni yaxshilab o‘rganilganda, u erdan bolalar o‘yinchog‘i aniqlangan, deb xabar bergan edi hayvonot bog‘i ma’muriyati.
Shuningdek, hayvonot bog‘i ma’muriyati tashrif buyuruvchilarga murojaat etar ekan jonivorlarga emish tashlamaslikni, ularning g‘amxo‘rligini bog‘ ma’muriyati o‘z zimmasiga olganini ta’kidlab o‘tgan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar