date

MIB: Kredit qarzi undiruvi garov mulkiga qaratildi

MIB: Kredit qarzi undiruvi garov mulkiga qaratildi
Mamlakatimizda banklar tomonidan tadbirkorlikni qo‘llab quvvatlash maqsadida imtiyozli kreditlar taqdim etib kelinmoqda. Kredit pullarini o‘z vaqtida qaytarib borish banklar samaradorligini yanada mustahkamlaydi.

Biroq, berilgan imkoniyatdan oqilona foydalanmay o‘z vaqtida kredit pullarini so‘ndirmaslik holatlari ham uchrab turibti.

Misol uchun, fuqarolik ishlari bo‘yicha Guliston tumanlararo sudining 23.05.2025 yildagi qaroriga asosan qarzdor MCHJdan Mikrokreditbank foydasiga 1,2 mlrd. so‘m kredit qarzini undirish to‘g‘risidagi ijro hujjati bo‘yicha Majburiy ijro byurosining Sirdaryo viloyat boshqarmasi tomonidan ijro harakatlari olib borilgan.

Belgilangan muddatda qarzdorlik to‘lanmaganligi sababli, majburiy ijro harakatlariga kirishilib, garov mulki hisoblangan “SUNTRUK HOWO A7” rusumli yuk avtomashinasi xatlangan.

Mazkur mulkni auksion savdosiga chiqarish chorasi ko‘rilmoqda.

MIB Sirdaryo viloyat boshqarmasi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » MIB: Kredit qarzi undiruvi garov mulkiga qaratildi