
Toshkent shahar Ichki ishlar boshqarmasi ijtimoiy tarmoqlarda bir necha shaxs fuqarolardan intervyu olish bahonasida suhbat o‘tkazib, ulardan aldamchilik yo‘li bilan pul yig‘ishgani qayd etilgan videorolikka munosabat bildirdi.
Ma’lum qilinishicha, 5 iyul kuni Chilonzor tumanidagi bog‘lardan birida 21 yoshli Sh.S., 24 yoshli S.S. va 20 yoshli T.A. fuqarolar bilan intervyu qilish bahonasida suhbatlashib, masjid barpo etish, imkoniyati cheklanganlarga ko‘mak berish kabi sabablar orqali, ulardan aldamchilik usulida pul yig‘ishgani aniqlangan.
Olib borilgan tezkor chora-tadbirlar natijasida, mazkur shaxslarning kimligi ma’lum bo‘lgan va ulardan ashyoviy dalil sifatida pul mablag‘lari xolislar ishtirokida rasmiylashtirib olingan.
Ayni paytda, bu holat bo‘yicha Chilonzor tumani Ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi (IIO FMB) tomonidan dastlabki tekshiruv o‘tkazilmoqda. Tekshiruv natijalariga ko‘ra, belgilangan tartibda huquqiy qaror qabul qilinishi kafolatlanadi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar