
Toshkent shahrida sodir bo‘lgan noodatiy voqea ijtimoiy tarmoqlarni yana bir bor titratdi, deb xabar berdi iibb.uz. 7 iyul kuni Mirzo Ulug‘bek tumani, Mustaqillik ko‘chasida, yo‘l harakati ishtirokchisi bo‘lgan ikki yosh o‘rtasida kelishmovchilik oqibatida ayol kishi to‘g‘ridan to‘g‘ri harakatdagi avtomashinadan sakrab tushgan.
Ma’lumotlarga ko‘ra, 2001 yilda tug‘ilgan X.A. o‘zining tanishi, 2006 yilda tug‘ilgan B.J. bilan «Nexia» rusumli avtomashinada bahsga kirishadi. Kelishmovchilik cho‘qqiga yetganda, B.J. yurayotgan transport vositasining eshigini ochib, bevosita yo‘l qismiga sakraydi. Ayrim foydalanuvchilar buni o‘g‘irlik deb taxmin qildi, biroq hukumat rasmiylari voqea aslida shaxsiy nizo fonida sodir bo‘lganini ta’kidladi.
Hodisa joyiga tezkorlik bilan yetib kelgan ichki ishlar organlari xodimlari jabrlanuvchiga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatib, shifoxonaga olib borishdi. Shifokorlar birinchi tekshiruvda unda peshona va chap yonoq sohasida yumshoq to‘qimalar lat yeyishi hamda teri osti gematomasi aniqlashgan.
Hozirda ushbu holat bo‘yicha tergovga qadar tekshiruv jarayonlari olib borilmoqda. Tekshiruv yakunida qonun doirasida tegishli qaror qabul qilinishi ta’minlanadi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar