date

“Tashabbusli budjet”ning yangi mavsumi boshlanmoqda

“Tashabbusli budjet”ning yangi mavsumi boshlanmoqda
O‘zbekistonda fuqarolar fikriga tayanib shakllanadigan “Tashabbusli budjet” jarayonining 2025 yilgi ikkinchi mavsumi 15 iyuldan rasman start oladi. Mazkur mavsum 31 avgustgacha davom etadi.

Bu tashabbus orqali mahallalardagi dolzarb muammolarni hal etish uchun fuqarolar o‘z loyihalarini taqdim etishlari, keyinchalik ular uchun ovoz berishlari mumkin bo‘ladi. G‘olib loyihalar davlat budjeti hisobidan moliyalashtiriladi.

Mavsumning asosiy bosqichlari quyidagicha belgilangan:

- Loyiha yuborish: 15 iyul – 3 avgust;
- Loyihalarni saralash: 4 – 18 avgust;
- Targ‘ibot ishlari: 19 – 21 avgust;
- Ovoz berish jarayoni: 22 – 31 avgust.

Eng ko‘p ovoz to‘plagan g‘olib loyihalar 1 sentyabr — Mustaqillik kunida e’lon qilinadi.

Har bir fuqaro o‘z mahallasidagi aholi uchun muhim bo‘lgan masalalarni ko‘tarib chiqish va ularni amalga oshirishda faol ishtirok etishi mumkin.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » “Tashabbusli budjet”ning yangi mavsumi boshlanmoqda