“Open budget”da loyihalar uchun ovoz berish boshlandi

Bugun, 22 avgust kuni “Tashabbusli budjet” loyihasining 2026 yildagi ikkinchi mavsumi doirasida fuqarolar uchun ovoz berish jarayoni boshlandi. Bu haqda Iqtisodiyot va moliya vazirligi ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, ovoz berish 31 avgust kuni soat 23:59 ga qadar davom etadi. Fuqarolar o‘z hududida amalga oshirilishini istagan loyihalarni tanlab, ularni qo‘llab-quvvatlashi mumkin.
Ovoz berish jarayonida ishtirok etishning bir necha usuli mavjud. Jumladan:
“Open budget” portalining veb-sahifasi;
portalning Android va iOS uchun mo‘ljallangan mobil ilovasi;
Telegram'dagi rasmiy bot orqali.
Fuqarolar ovoz berish muddati yakunlangunga qadar o‘zlari ma’qul deb topgan loyihalarni qo‘llab-quvvatlashlari mumkin. G‘olib deb topilgan loyihalarni amalga oshirish uchun davlat budjetidan mablag‘ yo‘naltiriladi.






























Izohlar 0
…