12:18 / 06.12.2016
7 739

AQSh hukumati O‘zbekistonning yangi Prezidentidan nima kutayotganini ma’lum qildi

AQSh hukumati O‘zbekistonning yangi Prezidentidan nima kutayotganini ma’lum qildi

AQSh Shavkat Mirziyoyevni O‘zbekiston prezidenti lavozimiga saylanishi munosabati bilan tabriklab, uning mamlakatda islohotlar o‘tkazishi va hududda barqarorlikni saqlab qolishiga umid bildirdi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti.
«Biz Bosh vazir Shavkat Mirziyoyevni O‘zbekiston yangi prezidenti etib saylanishi bilan tabriklaymiz. O‘zbekiston o‘z rivojlanish yo‘lining yangi bosqichiga o‘tar ekan, hududda barqarorlik saqlanib qolishiga va mamlakatda keng ko‘lamli iqtisodiy, siyosiy va ijtimoiy islohotlar amalga oshirilishiga umid qilib qolamiz», — dedi Toner.
«Bizning elchixona bir qator kuzatuvlar amalga oshirdi», — deb qo‘shimcha qildi Toner, ularning natijalariga aniqlik kiritmasdan.
Eslatib o‘tamiz, kecha O‘zbekistonda yakunlangan prezident saylovida Shavkat Mirziyoyev 88,61 % ovoz to‘plab ishonchli g‘alaba qozondi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » AQSh hukumati O‘zbekistonning yangi Prezidentidan nima kutayotganini ma’lum qildi