O‘zbekistonda so‘nggi kunlarda abituriyentlarni oliygohga kiritib qo‘yish bilan bog‘liq qator firibgarlik holatlari aniqlandi. Departamentning turli hududiy bo‘limlari va huquqni muhofaza qiluvchi idoralar hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirlar natijasida ayrim shaxslar noqonuniy yo‘llar orqali pul evaziga o‘qishga kiritishga uringan paytda ushlandi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, Ohangaron shahridagi tezkor tadbir davomida “I.Y.” nomli nodavlat oliy ta’lim muassasasi bo‘lim boshlig‘i B.A. fuqarolarni 3-kursdan o‘qishga qabul qilish sharti bilan aldagan. U har bir abituriyentdan 1 000 AQSH dollaridan, jami 4 000 dollarni olgan vaqtda ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olingan.
Shuningdek, Buxoro shahrida o‘tkazilgan operatsiya chog‘ida fuqaro A.I. boshqa bir fuqaro N.Sh.ning ishonchiga kirib, uni Qirg‘izistonda o‘qigani haqida soxta hujjat rasmiylashtirib bermoqchi bo‘lgan. Uning aytishicha, tanishlari orqali Buxoro innovatsion tibbiyot institutiga 3-kursdan joylashtirishi mumkinligini va’da qilgan. Shu maqsadda 3 000 AQSH dollarini olgan vaqtida u ham ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Bundan tashqari, Piskent tumanida o‘tkazilgan tadbirda fuqarolar J.E. va B.A. yana bir shaxs K.X.ni ishontirib, go‘yoki ularning Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida ishlovchi tanishlari orqali o‘qishga kiritib qo‘yishini va’da qilishgan. Bu xizmat evaziga ulardan 2 000 AQSH dollarini qabul qilib olgan vaqtda qo‘lga olindi.
Huquq-tartibot idoralari ma’lumotlariga ko‘ra, mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 25, 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) asosida jinoyat ishlari qo‘zg‘atilgan. Hozirda ushbu ish bo‘yicha tergov harakatlari davom etmoqda.
Abituriyentlarni o‘qishga kiritish bilan bog‘liq firibgarlik fosh etildi
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Mavzuga oid yangiliklar