Davlat xavfsizlik xizmati (DXX) giyohvandlik vositalarining noqonuniy aylanmasiga qarshi kurashish doirasidagi tezkor tadbirlar haqida xabar berdi.
Qayd qilinishicha, internet tarmog‘i orqali sintetik narkotiklar savdosi bilan shug‘ullanuvchi jinoiy guruhning faol a’zosi qo‘lga olingan. Toshkent viloyatining Qibray tumanida yashovchi, 23 yoshli shaxs narkoguruh tashkilotchilari tomonidan berilgan topshiriqqa ko‘ra, Toshkent tumaniga borib, dala maydonida yashirib qo‘yilgan 4 kg 300 gr «alfa-PVP» moddasini qabul qilib olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan. Ta’kidlanishicha, u Toshkent shahridagi xususiy oliy ta’lim muassasasining 3-kurs talabasi hisoblanadi.
Holat yuzasidan Jinoyat Kodeksining 25,273-moddasi 5-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, qamoq ehtiyot chorasi qo‘llangan.
Shu bilan birga, respublika miqyosida o‘tkazilayotgan «Xavfsiz va sog‘lom yurt» profilaktik tadbirlari doirasida Qashqadaryo viloyati Nishon tumanida istiqomat qiluvchi, 24 yoshli fuqaro o‘z akasi nomida bo‘lgan, paxtachilikka ixtisoslashgan fermer xo‘jaligining 20 sotix yer maydonida juda ko‘p miqdorda giyohvandlik vositalari yetishtirish bilan shug‘ullanayotgani aniqlangan. O‘tkazilgan tezkor tadbirda 247 tup kannabis o‘simligi va 27 kg 708 gr marixuana ashyoviy dalil sifatida olingan.
Hozir unga nisbatan Jinoyat Kodeksining 273-moddasi 5-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, qamoq ehtiyot chorasi qo‘llangan.
Toshkent viloyatining O‘rtachirchiq tumanida o‘tkazilgan tezkor tadbirda «Bo‘ka-Toshkent» yo‘nalishida harakatlanayotgan, Qashqadaryo viloyatining Ko‘kdala tumanida yashovchi, 55 yoshli sobiq ichki ishlar xodimi boshqaruvidagi Lacetti to‘xtatilib, xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilganda, 979 gr gashish moddasi borligi aniqlangan. So‘ngra tezkor tadbir davom ettirilib, ularning jinoiy sheriklari bo‘lgan Bekobod tumanida yashovchi 2 nafar fuqaro ushlanib, ulardan ham 437 gr gashish moddasi olingan.
Hozir mazkur shaxslarga nisbatan Jinoyat Kodeksining 273-moddasi 5-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, qamoq ehtiyot chorasi qo‘llangan.
Huquqni muhofaza qiluvchi organlar hamkorligida Toshkent viloyatining Ohangaron shahrida o‘tkazilgan tezkor tadbirda esa Yangiobod mahallasida istiqomat qiluvchi, muqaddam sudlangan shaxs va Birlik mahallasida yashovchi fuqaro qo‘lga olinib, yonida 976 gr marixuana borligi aniqlangan.
Hozir mazkur shaxslarga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, qamoq ehtiyot chorasi qo‘llangan.
Toshkent va Qashqadaryo viloyatlarida giyohvandlikni kasb qilganlar ushlandi
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Mavzuga oid yangiliklar