Namangan viloyatidagi tumanlardan birining maktab va maktabgacha ta’lim bo‘limi rahbari pora bilan qo‘lga tushdi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati tomonidan rasman ma’lumot berildi.
Ma’lum qilinishicha, bo‘lim mudiri va ikki xususiy bog‘cha rahbarlari birgalikda til biriktirib, mahalliy fuqaroning ishonchiga kirishgan. Ular o‘z mansabdor tanishlari orqali ushbu fuqaroni boshqa tumandagi davlat tasarrufidagi maktabgacha ta’lim muassasalaridan birining mudira lavozimiga tayinlash evaziga 2500 AQSH dollari talab qilishgan.
Tezkor tadbir davomida dastlab oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim muassasasidan birining rahbari 2500 AQSH dollarini olgan vaqtida ushlandi. Keyinchalik tadbir davom ettirildi va ikkinchi oilaviy nodavlat bog‘cha rahbari ham shu pul mablag‘ini olgan paytda qo‘lga olindi.
So‘ngra aniqlandiki, mazkur mablag‘ni 1000 AQSH dollari miqdorida tuman maktab va maktabgacha ta’lim bo‘limi mudiriga topshirishi lozim edi. Shu tariqa, mazkur mansabdor shaxs ham ushbu pulni olayotgan paytda ashyoviy dalillar bilan ushlandi.
Bildirilishicha, hozirda ularga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (Firibgarlik) 3-qismi “a” bandi va 211-moddasi (Pora berish) 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan va tergov harakatlari izchil olib borilmoqda.
Shu bilan birga, Kadastr agentligi Davlat kadastrlar palatasining Andijon viloyatidagi tumanlardan birining filiali rahbari ham xizmat mavqeidan foydalanib, fuqaroning ishonchiga kirdi. U 17 sotix toshloq yer maydonini noturar joy sifatida uning nomiga rasmiylashtirish evaziga 4000 AQSH dollari olgan paytda ashyoviy dalillar bilan ushlandi. Bu holat yuzasidan unga nisbatan Jinoyat kodeksining 210-moddasi (Pora olish) 2-qismi “v” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan va qamoq chorasi qo‘llangan.
Bog‘cha mudirasi lavozimini poraga tayinlashga urindi
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar