date

Undiruv garov mulkiga qaratilgan edi...

Undiruv garov mulkiga qaratilgan edi...

Majburiy ijro byurosi Chilonzor tumani bo‘limi ish yurituviga fuqarolik ishlari bo‘yicha Uchtepa tumanlararo sudining ijro varaqasiga asosan, qarzdor "E.S.T." MJCHdan undiruvchi "Ipak yo‘li" AITB foydasiga 1 mlrd. 114 mln. 274 ming so‘m qarz summalarini undirish to‘g‘risidagi ijro hujjati 27.11.2024-yil kelib tushgan.

Mazkur ijro hujjati O‘zbekiston Respublikasi “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida”gi Qonunining 23-moddasiga asosan, ijro ishi yuritishni qo‘zg‘atish to‘g‘risida qaror qabul qilingan hamda qarzdorga qonun talabi asosida qarzdorlikni qoplashi uchun 5 kunlik ixtiyoriy muddat berilgan.

Qarzdor korxona ixtiyoriy muddatda bank foydasiga kredit summalarini qoplab bermaganidan so‘ng, Byuroning tuman bo‘limi tomonidan huquqiy tushuntirish hamda ogohlantirishlar berilgan. Oradan o‘tgan 11 oy vaqt mobaynida huquqiy tushuntirishlardan to‘g‘ri xulosa chiqarmagan qarzdor korxonaning rahbariga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi MJtKning 198-1-moddasiga asosan bazaviy hisoblash miqdorining 10 baravari miqdorida ma’muriy jarima qo‘llanilgan.

Shundan so‘ng, qarz summalarining undiruvi garov mulki bo‘lgan Toshkent shahar, Olmazor tumani, Kichik xalqa yo‘li ko‘chasida joylashgan noturar binoga qaratilib, Qonunning 56-moddasiga asosan xatlangan va mol-mulkni realizatsiya qilish yuzasidan qaror qabul qilingan. Biroq, undiruv garov mulkiga qaratilganidan so‘ng, qarzdor korxonadan 1,1 mlrd. so‘m miqdoridagi qarzdorlik to‘liq undirilib, mazkur ijro hujjati Qonunning 41-moddasi, 1-qismi, 1-bandiga asosan amalda tamomlandi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Undiruv garov mulkiga qaratilgan edi...