date

Qashqadaryoda 2 yoshli qizni mashinada tashlab ketib,uning o‘limiga sababchi bo‘lgan bog‘cha rahbari qamaldi

Qashqadaryoda 2 yoshli qizni mashinada tashlab ketib,uning o‘limiga sababchi bo‘lgan bog‘cha rahbari  qamaldi

Qashqadaryo viloyatining Koson tumanida sodir bo‘lgan va butun jamoatchilikni larzaga solgan fojea yuzasidan sud hukmi e’lon qilindi.

2024 yil 20 iyun kuni Ushoqtepa mahallasidan Spark avtomashinasida bolalarni bog‘chaga olib ketgan xususiy bog‘cha direktori Lola Haqnazarova yo‘l qo‘ygan bee’tiborlik oqibatida ikki yoshli qizaloqning hayotdan ko‘z yumdi. Sud hujjatlarida qayd etilishicha, bola uzoq soatlar davomida yopiq holdagi mashina ichida qolib ketgan va havo tanqisligidan nafas ola olmay, halok bo‘lgan.

Ma’lum bo‘lishicha, 31 yoshli Haqnazarova 2024 yilda xususiy bog‘chani yo‘lga qo‘yib, unga rahbarlik qilib kelayotgan. U bolani yoshi to‘g‘ri kelmasa ham onaning iltimosiga ko‘ra bog‘chaga qabul qilgan. Shu kuni esa 7 nafar bolani uylaridan yig‘ib, bog‘chaga olib kelgan, ammo ularni tushirish jarayonida ikki yoshli qizaloqni mashinaning orqa o‘rindig‘ida unutib qolgan.

Qizaloq soatlab issiq havoda yopiq salonda qolib ketgani sababli, qayg‘uli holda hayotdan ko‘z yumdi.

Sud jarayonida ayblanuvchi o‘z aybini tan oldi va sodir etilgan voqeaga izoh berdi. Uning aytishicha, bolalardan ikkitasi e’tiborini chalg‘itgani bois qolganlarni to‘liq tekshirishni unutib qo‘ygan. Shuningdek, u kuni bog‘cha tarbiyachisi ishga kelmagani uchun barcha mas’uliyat uning zimmasiga tushgani ta’kidlandi.

Marhum qizchaning onasi esa sudda chiqish qilib, direktorning behurmatligi va mas’uliyatsizligini hech narsa bilan oqlab bo‘lmasligini aytib, qonuniy chora ko‘rishni talab qildi.

Oxir-oqibat, sud Lola Haqnazarovani Jinoyat kodeksining 116-moddasi 3-qismi bo‘yicha aybdor deb topdi va unga 3 yillik ozodlikdan mahrum qilish jazosini tayinladi. Jazo muddati manzil-koloniyada o‘taladi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Qashqadaryoda 2 yoshli qizni mashinada tashlab ketib,uning o‘limiga sababchi bo‘lgan bog‘cha rahbari qamaldi