date

Samarqandda bir erkak qarindoshining jasadini qopda olib ketayotganda ushlandi

Samarqandda bir erkak qarindoshining jasadini qopda olib ketayotganda ushlandi

Samarqand shahrida odamni hayratga solgan noodatiy voqea sodir bo‘ldi. Ma’lumotlarga ko‘ra, erkak marhumning jasadini qop ichiga joylab, arava orqali olib ketayotgan paytda qo‘lga olindi. Bu haqda Mahalla telekanali efirida ma’lum qilindi.

Tafsilotlarga ko‘ra, hodisa 24-avgust kuni yuz bergan. «Navbog‘chiyon» va «Bo‘ston» mahallalari raisi o‘z hududlarini aylanib chiqish chog‘ida ikki shaxsning shubhali harakatlarini payqashgan. Ular bolalar aravachasini haydab, qabriston tomon yo‘nalgan erkak va ayolga duch kelgan. Arava ichidagi yelim idishlar orasida qop yashirilgan bo‘lib, tekshiruvda qop ichida jasad borligi aniqlangan.

Mahalla raislari vaziyatdan shubhalanib, darhol ichki ishlar organlariga murojaat qilishgan. Tekshiruv jarayonida ma’lum bo‘lishicha, erkak o‘z pochchasini o‘ldirgan va uni qabristonga yashirmoqchi bo‘lgan.

Mahalla raisining aytishicha, gumonlanuvchi dastlab pochchasi uyiga kelgan vaqtda o‘lib qolganini aytgan va shu bois uni ko‘mmoqchi ekanini iddao qilgan. Ammo keyinroq tergov jarayonida unga qarshi og‘ir ayblovlar ilgari surilgan.

Ichki ishlar organlari xodimlari joyiga yetib borib, jinoyatni fosh qilgan. Hozirda hodisaning aniq sabablari va gumondorlarga qanday jazo tayinlanishi yuzasidan qo‘shimcha ma’lumot berilmagan.

Shu bilan birga, Ichki ishlar vazirligi mahalla raislari Adham Rahimov va A’zam Ostonqulovni o‘z vaqtida hushyorlik ko‘rsatib, tezkor ravishda xabar berganlari uchun ko‘krak nishoni bilan taqdirladi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Samarqandda bir erkak qarindoshining jasadini qopda olib ketayotganda ushlandi