date

Andijonda irrigatsiya yerini sotishga uringan shaxs qo‘lga olindi

Andijonda irrigatsiya yerini sotishga uringan shaxs qo‘lga olindi
Andijon viloyatida davlatga tegishli yer maydonini noqonuniy yo‘l bilan sotishga urinish holati fosh etildi. Ma’lumotlarga ko‘ra, “Norin-Qoradaryo” irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi balansida bo‘lgan 10 sotix yerni to‘g‘ridan to‘g‘ri sotib berishni va’da qilgan shaxs huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan ushlangan.

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Shahrixon tumani bo‘limi va Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor chora-tadbir jarayonida fuqaro M.A. qonunbuzarlik ustida qo‘lga olindi.

Ma’lum bo‘lishicha, u fuqaro S.T.ning ishonchini qozonib, tadbirkorlik ishlarini yo‘lga qo‘yishi hamda qo‘shimcha obyekt barpo etishi uchun kerak bo‘lgan yer maydonini go‘yoki kadastr bo‘limida ishlovchi tanishlari orqali rasmiy hujjatlashtirib berishini aytgan. Buning evaziga u 32 ming AQSH dollari talab qilgan va shundan 18 ming dollarini olgan paytida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Hozirda mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) asosida jinoyat ishi ochilib, tergov jarayonlari olib borilmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Andijonda irrigatsiya yerini sotishga uringan shaxs qo‘lga olindi