Hozirgi kunda tadbirkorlik faoliyatini kengaytirish maqsadida tijorat banklari tomonidan imtiyozli kreditlar ajratilayotgani sir emas. Banklar kredit berishda muayyan shartlar bilan ish olib borsa-da, ularning to‘g‘ri yo‘naltirilishi va o‘z vaqtida qaytarilishi talab etiladi. Ammo ba’zi hollarda, qarzlarni qaytarishda muammolar yuzaga kelmoqda va bu holatlar sudgacha va Majburiy ijro byurosi (MIB) organlariga ham olib bormoqda.
Kuni kecha o‘tkazilgan majburiy ijro harakatlari davomida katta summadagi qarzdorlik tufayli qimmatbaho yuk mashinasi xatlandi. Ma’lum bo‘lishicha, MCHJ va “Ipoteka bank” ATB o‘zaro shartnomaga ko‘ra kredit ajratilgan bo‘lsa-da, jamiyat tomonidan qarz o‘z vaqtida to‘lanmagani sababli bank sudga murojaat qilgan. Sud qarorga asosan, 452 286 AQSH dollari majburiy undirish belgilab berilgan. Undiruv esa garovdagi transport vositasiga qaratilgan.
Qarzdor jamiyatga ixtiyoriy muddat berilganiga qaramay, qarzni qaytarishda qiynalgani sababli, MIB organlari tomonidan majburiy ijro harakatlari boshlandi. Bu jarayonda “Mercedes-Benz” avtomashinasi garovga qo‘yilgani sababli, u xatlandi.
Hozirda bu jarayonda huquqiy choralar ko‘rilmoqda va qarzdorlikning amalga oshirilishiga katta e’tibor qaratilayotgani ko‘rilyapti.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!