Rossiyaning Rostov-Don shahridan Toshkentga kelayotgan yo‘lovchi avtobusi Saratov yaqinida buzilib qolgan. Avtobusda o‘zbekistonlik 43 kishi bo‘lgan, deb yozmoqda Kun.uz sayti. Odamlar transport kompaniyasiga telefon qilib, yo‘l chetida 6 kun yordam kutib o‘tirishgan. Biroq avtobus egalari vakillaridan hech kim paydo bo‘lmagan.
"Ba’zi yo‘lovchilar qutqaruvchilarga murojaat qilishni taklif qilishgan, biroq haydovchilar qandaydir sabablarga ko‘ra ularni bu fikrlaridan qaytarganlar. Keyinroq ma’lum bo‘lishicha, ba’zilarning ro‘yxatdan o‘tish muddati o‘tib ketgan bo‘lgan. Oxir-oqibat solyarka va egulik tugaganda hamma taslim bo‘lgan. Biz kelganimizda ko‘pchilik yo‘lovchilar sovuq urish yoki muzlab qolish xavfi ostida bo‘lganlar", deb ma’lum qildi Saratov patrul-post xizmati xodimlari.
Yo‘lovchilar orasida 24 yoshli homilador qiz ham bo‘lgan. U yuqori harorat va ochiq qon ketishi bilan shifoxonaga olib ketilgan. Bo‘lg‘usi onaning yonida umuman puli bo‘lmagan va unga kerakli dori-darmonlarni yo‘l polisiyasi xodimlari sotib olib berishgan.
Och-nahor va sovqotgan o‘zbekistonliklarni mahalliy kafeda qornilarini to‘yg‘azib, vokzalda boshpana berishgan. Ayni vaqtda barcha yo‘lovchilar uylariga qaytmoqdalar. Transport kompaniyasi vaziyatni hal qilish uchun hech qanday chora ko‘rmagan. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Turkiya o‘zining birinchi kvant kompyuterini taqdim etdi
Josep Borrel: “Xalqaro jinoyat sudining Netanyaxuni hibsga olish bo‘yicha qarori ijro etilishi shart”
Metabolizm sekinlashganining belgilari
Husiylar Isroil aviabazasiga gipertovushli raketa bilan zarba berdi
Superliga. OKMK safarda "Paxtakor"ni mag‘lub etdi va 11 yillik qora an’anaga chek qo‘ydi
Har payshanba jismoniy tarbiya va sport kuni sifatida belgilanadi