Samarqand shahar IIB YoXB xodimlari "Yong‘in xavfsizligi kunlari" doirasida joylarda yong‘in xavfsizligini ta’minlash, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha profilaktik chora-tadbirlarni amalga oshirmoqda, deb xabar qilmoqda Zarafshon nashriga asoslanib Sputnik agenitligi.
"Tekshiruvlar jarayonida yong‘in chiqish xavfi bo‘lgan 243 ta korxona, tashkilot va muassasalarning ish faoliyati vaqtincha to‘xtatildi. 10 mingdan ortiq nosoz gaz va elektr isitish asboblaridan foydalanish holatlari aniqlanib, bartaraf etildi", — deyiladi xabarda.
Nashrda qo‘shimcha qilinishicha, joriy yilning 26 noyabr kuni Kattaqo‘rg‘on shahri, Istiqlol ko‘chasidagi xonadonlarning birida yong‘in kelib chiqdi. Aniqlanishicha, xonadondagi isitish pechidan sizib chiqqan gaz yong‘inga sabab bo‘lgan. Voqea joyiga etib kelgan shahar IIB YoXB yong‘inning oldini olish guruhi o‘t o‘chiruvchilari ofatni bartaraf etishdi. Ehtiyotsizlik oqibatida sodir bo‘lgan ushbu noxush hodisa oqibatida xonadon sohibi kuyish jarohati bilan shifoxonaga yotqizilgan. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Turkiya o‘zining birinchi kvant kompyuterini taqdim etdi
Josep Borrel: “Xalqaro jinoyat sudining Netanyaxuni hibsga olish bo‘yicha qarori ijro etilishi shart”
Metabolizm sekinlashganining belgilari
Husiylar Isroil aviabazasiga gipertovushli raketa bilan zarba berdi
Superliga. OKMK safarda "Paxtakor"ni mag‘lub etdi va 11 yillik qora an’anaga chek qo‘ydi
Har payshanba jismoniy tarbiya va sport kuni sifatida belgilanadi