
Samarqand shahrida joylashgan «A.S.» mas’uliyati cheklangan jamiyat bankdan tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida kredit olgan edi. Ammo korxona kredit shartlarini o‘z vaqtida bajarmagani oqibatida 4 milliard 650 million so‘mlik qarzdorlik yuzaga kelgan.
Fuqarolik ishlari bo‘yicha Samarqand shahar sudi 2025 yil 15 iyunda mazkur qarzni undirish haqida qaror chiqargan. Unga muvofiq, qarzdorlikni qoplash maqsadida garov sifatida qo‘yilgan korxona binosi hisobidan to‘lov amalga oshirilishi lozim edi. Biroq korxona rahbariyati sud qarori ijrosini ta’minlash uchun zarur choralarni ko‘rmagan.
Majburiy ijro byurosining Samarqand viloyati boshqarmasi inspektorlari korxona rahbariyatini bir necha bor ogohlantirgan va mulkka taqiq qo‘ygan. Shunga qaramasdan, qarz to‘lanmagani sababli garovga qo‘yilgan ko‘chmas mulk — korxona binosi 4,65 milliard so‘mga baholanib, elektron auksion orqali savdoga chiqarildi.
Hozirda ushbu mulkni onlayn tartibda sotib olish uchun auksion jarayoni ochiq holda davom etmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!