date

Toshkentda 'Gelik' va tez yordam to‘qnashdi


Toshkent shahar IIBB YHXB matbuot xizmati hodisa haqida ma'lumot berdi. Joriy yilning 30-oktabr kuni soat taxminan 12:45 da Yashnobod tumanidagi Kichik halqa avtomobil yo‘lida, eski ToshMI yaqinida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi.

'Mercedez-Benz' avtomobili (haydovchi 1986-yilda tug‘ilgan) va tez tibbiy yordam mashinasi 'Ford' (haydovchi 1971-yilda tug‘ilgan) o‘zaro to‘qnashgan. To‘qnashuv natijasida transport vositalari jiddiy texnik zarar ko‘rgan.

Ikki nafar fuqaro jarohat olgan va ularga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatilgan. Hodisa yuzasidan tergov ishlari olib borilmoqda.

YTH sabablarini aniqlash ishlari davom etmoqda. Mutasaddi tashkilot haydovchilarga yo‘l harakati qoidalariga qat'iy rioya qilishni va fojiali oqibatlarning oldini olishni tavsiya qildi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Toshkentda 'Gelik' va tez yordam to‘qnashdi