date

Ekologiya qo‘mitasi qurilish tashkilotlarini nazoratni kuchaytirish bo‘yicha keskin ogohlantirdi

Ekologiya qo‘mitasi qurilish tashkilotlarini nazoratni kuchaytirish bo‘yicha keskin ogohlantirdi

21-noyabr kuni Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasi qurilish kompaniyalariga qaratilgan qat’iy bayonot bilan chiqdi. Qo‘mita qurilish maydonlarida amal qilinishi shart bo‘lgan bir qator talablar borligini yana bir bor eslatdi va ushbu qoidalarni buzgan har qanday tashkilot ma’muriy javobgarlikka tortilishi aniq ekanini ta’kidladi.

Amaldagi me’yorlarga ko‘ra, barcha qurilish tashkilotlari quyidagi majburiy talablarga amal qilishi lozim:

— qurilish jarayonida chang, qum va mayda zarrachalarning havoga ko‘tarilishiga yo‘l qo‘ymaslik;

— kirish-chiqish yo‘laklariga osma yomg‘irlatgich va suv purkagich qurilmalarini o‘rnatish;

— har bir avtotransport vositasining g‘ildiraklarini yuvish uchun majburiy yuvish punktlarini tashkil etish;

— chang tarqalishini cheklash maqsadida maydonni himoya to‘siqlari, maxsus qoplamalar va texnik vositalar bilan jihozlash.

Qo‘mita ogohlantirishida shunday deyiladi:

“Talablar bajarilmasa, Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga muvofiq kuchli jarimalar, faoliyatni 10 ish kunigacha to‘xtatish yoki belgilangan tartibda tugatish choralari qo‘llanilishi mumkin”.

Oxirgi haftalarda havo sifati butun mamlakat bo‘ylab jiddiy muhokama mavzusiga aylandi. Toshkent shahri bir necha kun davomida dunyo bo‘yicha havo ifloslanishi yuqori bo‘lgan shaharlar orasida eng yuqori o‘rinlarga chiqib oldi.

11-noyabrda poytaxt va Andijonda zararli chang zarrachalari me’yordan keskin oshgan. 16-noyabrda ham atmosferadagi mayda zarrachalar darajasi bir necha baravar ko‘tarilgan. 20-noyabrda esa Toshkent xalqaro reytingda havo ifloslanishi bo‘yicha 2-o‘rinni egallagani qayd etildi.

Mutaxassislar bu holatni tez-tez o‘zgarib turgan harorat tufayli yuzaga kelgan inversiya jarayoni bilan bog‘lamokda. Bunday sharoitda zararli zarrachalar yerga yaqin havo qatlamida to‘planib qoladi va tarqalishi qiyinlashadi.

Havo sifatini yaxshilash maqsadida qator choralar ko‘rilmoqda. Jumladan, Yakkasaroy tumanidagi Toshkent issiqlik elektr markazida mazutdan to‘liq voz kechilib, ekologik xavf keltirmaslikka qaratilgan qadamlar amalga oshirilmoqda.

Yangi talablar va keskin ogohlantirishlar ortidan qurilish sohasida ekologik nazorat yanada kuchaytirilishi kutilmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Jamiyat » Ekologiya qo‘mitasi qurilish tashkilotlarini nazoratni kuchaytirish bo‘yicha keskin ogohlantirdi