
O‘zbekistonda Havo havzasining ifloslanish darajasini pasaytirish yo‘lida sanoat korxonalariga 2025 yil 1 dekabrgacha zaharli chiqindilar hajmini kamida ikki barobarga qisqartirish mas’uliyati yuklatildi. Agar bu talablar bajarilmasa, ular uchun to‘lanadigan tovon summalari keskin ko‘tariladi.
Qat’iy muddatlar va huquqiy asos
Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, atmosfera havosisni muhofaza qilish borasidagi chora-tadbirlar Prezidentning 2023 yil 31 maydagi farmoni hamda Vazirlar Mahkamasining 2024 yil 25 noyabrdagi qarori asosida yanada kuchaytirilgan.
Unga muvofiq, tabiatga yuqori darajada salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi sanoat korxonalari quyidagi aniq muddatlarda ekologik talablarga to‘liq javob berishi shart:
I toifaga kiruvchi korxonalar – 2026 yil 1 yanvargacha;
II toifa korxonalar – 2026 yil 1 iyulgacha.
5 barobargacha oshirilgan jarimalar
Belgilangan muddatlarga qadar, korxonalar bir qator muhim texnik talablarni bajarishi lozim:
Avtomatik atmosfera kuzatuv stansiyalarini joylashtirib, ularni Ekologiya va iqlim o‘zgarishi mutasaddi idoralariga integratsiya qilishi;
Yuqori samaradorlikka ega chang-gaz va suv tozalash uskunalarini o‘rnatish yoki mavjudlarini zamonaviylashtirishi;
Sanitar himoya zonalarini avtomatik kuzatuv postlari bilan to‘liq ta’minlashi talab etiladi.
Qayd etilishicha, agar ushbu majburiyatlar ijro etilmasa, atrof-muhitni ifloslantirganlik uchun kompensatsiya to‘lovlari besh barobargacha ko‘paytirilgan miqdorda qo‘llanilishi belgilandi.
Mutasaddi idoralar bu keskin choralar shahar va sanoat hududlarida havo sifatining yaxshilanishi, aholi salomatligiga zararli oqibatlarni pasaytirish hamda korxonalarning atrof-muhit oldidagi mas’uliyatini yuksaltirishga qaratilganini ma’lum qilishmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.