
Tuproqqal’a tumanida ikki nafar farzand onasi bag‘riga qaytarildi. Sud qarorlarining ijrosini ta’minlashda, o‘ziga xos murakkabi ijro harakatlarining biri bu albatta bolani onasi yoki otasi tarbiyasiga olib berish hisoblanadi.
Bu turdagi ijro hujjatlarini bajarishda, har bir davlat ijrochisidan alohida mas’uliyatni talab etiladi. Jumladan, Fuqarolik ishlari bo‘yicha Bog‘ot tumanlararo sudining 30.10.2025 yildagi ijro varaqasiga asosan 2019 yil 16 iyunda tug‘ilgan X.D. va 2021 yil 31 martda tug‘ilgan M.D javobgar S.X. tarbiyasidan da’vogar Sh.O. tarbiyasiga olib berish to‘g‘risidagi ijro hujjati Majburiy ijro byurosi Tuproqqal’a tumani bo‘limi ish yurituviga kelib tushgan.
Mazkur ijro hujjati yuzasidan davlat ijrochilari tomonidan olib borilgan ijro harakatlari natijasida qarzdorning sud qarorida ko‘rsatilgan manziliga huquq va majburiyatlari tushuntirilgan xolislar ishtirokida borilib, sud hujjatida ko‘rsatilgan ikki nafar farzand otasi tarbiyasidan onasi tarbiyasiga sog‘-salomat olib berilib, ijro ishi Qonunning 41-moddasiga asosan amalda tamomlandi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.