date

Sun’iy intellekt bloger soxta qiyofasini yaratib undan qimor reklamasida foydalandi

Sun’iy intellekt bloger soxta qiyofasini yaratib undan qimor reklamasida foydalandi

Ijtimoiy tarmoqlarda so‘nggi kunlarda jiddiy muammo ko‘tarildi: mashhur blogerlarning qiyofasi sun’iy intellekt yordamida qalbakilanib, qimorga asoslangan o‘yinlarni targ‘ib qilishda ishlatilgani ma’lum bo‘ldi. Bu haqda Raqobat qo‘mitasi rasman izoh berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, SI orqali haqiqiyga o‘xshab ketadigan dipfeyk video va fotosuratlar yaratilib, odamlar ishonishi mumkin bo‘lgan soxta reklama tarqatilgan. Xususan, Elmurod Haqnazarovning ovozini soxtalashtirib, “pul tiking va yuqori daromad oling” degan aldamchi chaqiriqlar tarqatilgani aniqlangan.

Shuningdek, blogerlar D.Nazarov va A.Abdurahmonov ham aslida hech qanday qimor o‘yinlarini reklama qilmagan bo‘lsa-da, ularning qiyofasi soxta materiallarda ishlatilgani ma’lum bo‘ldi.

Mas’ullar fuqarolarni ehtiyotkorlikka chaqirdi: taniqli shaxs qiyofasi, ovozi ishlatilgan har qanday reklama haqiqiy emasligi mumkin. Qonun bilan taqiqlangan mahsulot yoki o‘yin targ‘iboti esa jiddiy xavfga olib kelishi qat’iy ta’kidlandi.

Yaqinda sun’iy intellektdan foydalanadigan birinchi kompyuter virusi ham aniqlangani eslatildi — bu esa raqamli xavf yanada o‘sib borayotganini ko‘rsatadi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Jamiyat » Sun’iy intellekt bloger soxta qiyofasini yaratib undan qimor reklamasida foydalandi