Endilikda O‘zbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmatiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri murojaat qilish imkoniyati paydo bo‘ldi. Bu haqdagi ma’lumot Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali taqdim etildi, deb yozmoqda Qalampir.uz sayti.
Portalda ma’lum qilinishicha, O‘zbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmatiga murojaat qilmoqchi bo‘lganlar O‘zbekiston Respublikasining ”Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi Qonuning 3-bobi 16-moddasida belgilangan shartlarga va Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida keltirilgan ko‘rsatmalarga amal qilishlari kerak.
E’tiborli jihati shundaki, murojaatda xatti-harakatlari yoki harakatsizligi ustidan shikoyat qilinayotgan tashkilot nomi va mansabdor shaxsning familichasi, ismi, otasining ismi aniq ko‘rsatilishi lozim.
Anonim murojaatlar va qonunda belgilangan talablarni qanoatlantirmaydigan murojaatlar, shuningdek, foydalanuvchining bir necha bor bitta masala bo‘yicha javob berilgan murojaati qayta yuborilganda agar unda yangi vajlar yoki holatlar keltirilmagan bo‘lsa, ko‘rib chiqilmaydi.
Qolaversa, bila turib yolg‘on ma’lumotlar bayon etilgan murojaatlarni ko‘rib chiqishda qilingan xarajatlar jismoniy yoki yuridik shaxsdan sudning qaroriga ko‘ra undirib olinishi mumkin. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Turkiya o‘zining birinchi kvant kompyuterini taqdim etdi
Josep Borrel: “Xalqaro jinoyat sudining Netanyaxuni hibsga olish bo‘yicha qarori ijro etilishi shart”
Metabolizm sekinlashganining belgilari
Husiylar Isroil aviabazasiga gipertovushli raketa bilan zarba berdi
Superliga. OKMK safarda "Paxtakor"ni mag‘lub etdi va 11 yillik qora an’anaga chek qo‘ydi
Har payshanba jismoniy tarbiya va sport kuni sifatida belgilanadi